Gvardiola: Har safar Holandning rekordini aytasiz


Erling Holand chorshanba kuni \'Borussiya\' darvozasini ishgʻol qildi. Norvegiyalik futbolchi uch xil klub safida Chempionlar ligasida ketma-ket beshta oʻyinda gol urgan birinchi oʻyinchi boʻldi.
Bundan tashqari, Holand \'Manchester Siti\'ning ushbu musobaqadagi gol urish seriyasi boʻyicha klub rekordini ham oʻrnatdi. \'Shaharliklar\' bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 4:1 hisobidagi gʻalabadan soʻng Holandning rekordlari haqida fikr bildirdi.
\'Yangi rekordmi? Men buni bilmasdim.
Rostini aytsam, bilmasdim. Har safar flash-intervyu yoki matbuot anjumaniga kelganimda, Holandning yangi rekordi haqida aytasiz.
Men uning uchun xursandman. U bunga loyiq.
Uning atrofida qancha koʻp yaxshi futbolchilar boʻlsa, shuncha osonroq boʻladi. Top-klublarda hamisha shunday.
Yaxshi oʻyinchilar butun jamoaning salohiyatini oshiradi\', – dedi Gvardiola TNT Sports\'ga. \'Manchester Siti\' oʻzining navbatdagi oʻyinini 9-noyabr kuni APL doirasida \'Liverpul\'ga qarshi oʻtkazadi.













