Fransiya terma jamoasi tarkibi eʼlon qilindi

Fransiya terma jamoasi tarkibi eʼlon qilindi
Payshanba kuni Fransiya terma jamoasining noyabr yigʻini uchun bosh murabbiy Dide Desham tomonidan tarkib eʼlon qilindi. "Uchranglilar" safiga quyidagi futbolchilar taklif etilgan: Darvozabonlar: Shevalye, Menyan, Samba; Himoyachilar: Din, Gyusto, Luka Ernandes, Teo Ernandes, Konate, Kunde, Saliba, Upamekano; Yarim himoyachilar: Kamavinga, Kante, Kone, Olise, Zair-Emeri; Hujumchilar: Akliush, Barkola, Sherki, Ekitike, Kolo-Muani, Mateta, Mbappe, Nkunku.

Joriy oyda Fransiya terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati saralashida Ukraina (13-noyabr) va Ozarbayjon (16-noyabr) bilan uchrashadi. Toʻrt turdan soʻng Fransiya terma jamoasi oʻz guruhida 10 ochko toʻplab, peshqadamlik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.