Ovechkin NHL tarixida birinchi marta 900 ta gol urdi

Rossiyalik hujumchi va Milliy xokkey ligasining \"Vashington\" klubi sardori Aleksandr Ovechkin 900 ta gol bilan NHL rekordini o‘rnatdi.
Xokkeychi \"Sent-Luis Blyuz\"ga qarshi o‘yinning 18-daqiqasida tarixiy gol urdi. O‘yin 6:1 hisobida \"Vashington Kepitalz\" foydasiga hal bo‘ldi.
6 aprel kuni Ovechkin Ueyn Gretskining NHLdagi 26 yillik rekordini takrorladi. Kanadalik xokkeychi 1999 yil mart oyida 1487-o‘yinida 894 ta gol urgan. Rekordni yangilash uchun rossiyalik futbolchiga shuncha o‘yin kerak bo‘ldi.
Ovechkin NHLdagi faoliyatini 2005 yilda boshlagan. Hozirda xokkeychi o‘zining 20-mavsumini \"Vashington Kepitalz\" tarkibida o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













