Chempionlar Ligasining bosh favoriti aniqlandi


Goal nufuzli portali jurnalistlari Chempionlar Ligasi to\'rtinchi turidan so\'ng yangi favoritlar reytingini e\'lon qilishdi. Unga ko\'ra, birinchi o\'ringa \"Bavariya\" ko\'tarildi.
Jamoa seshanba kuni \"PSJ\"ni safarda 2:1 hisobida mag\'lubiyatga uchratgan edi. Avvalgi reytingda birinchi o\'rinda bo\'lgan \"PSJ\" uchinchi pog\'onaga tushib ketdi.
Ikkinchi o\'rinni esa \"Arsenal\" saqlab qoldi. Top-10 reyting quyidagicha shakllandi: \"Liverpul\", \"Manchester Siti\", \"Barselona\", \"Real\", \"Inter\", \"Galatasaroy\", \"Nyukasl\".
Ayniqsa, \"Galatasaroy\"ning to\'qqizinchi o\'rinda joylashgani biroz ajablanarli. Eslatib o\'tamiz, o\'tgan mavsum Chempionlar Ligasi kubogini \"PSJ\" qo\'lga kiritgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













