Chelsi Ruedigerni qaytarishni rejalashtirmoqda


Madridning \"Real\" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ruediger yaqin kelajakda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.
Ispaniyalik jurnalistlarning ma\'lumotlariga ko‘ra, futbolchining Angliyada faoliyatini davom ettirish imkoniyati mavjud. Germaniyalik himoyachiga uning sobiq jamoasi – Londonning \"Chelsi\" klubi qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, Ruediger Saudiya Arabistoni chempionatida ham o‘ynash ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. 32 yoshli futbolchi \"Real Madrid\" safida 2022 yilning yozidan beri harakat qilmoqda.
Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha amal qiladi. Antonio Ruedigerning transfer narxi 15 million yevroga baholanmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













