Amorim oktyabr oyi eng yaxshi murabbiyi

Amorim oktyabr oyi eng yaxshi murabbiyi
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim Angliya Premer-ligasining oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi murabbiy deb topildi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.

Oktyabr oyida Manchester Yunayted APL doirasida uchta uchrashuv o‘tkazib, Sunderlandni (2:0), Liverpulni (2:1) va Braytonni (4:2) mag‘lub etdi. Shuningdek, 1-noyabr kuni Nottingem Forest bilan 2:2 hisobida durang qayd etildi.

O‘n turdan so‘ng, \"qizil iblislar\" APL turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda va 17 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. 8-noyabr, shanba kuni Amorim shogirdlari safarda Londonning Tottenhem jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 15:30da boshlanishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.