Slot Virtsdan nimalarni kutayotganini aytdi

Slot Virtsdan nimalarni kutayotganini aytdi
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot hujumkor yarim himoyachi Florian Virts haqida fikr bildirdi. “Florian bir nechta pozitsiyada o‘ynay oladi.

U chap qanotda harakat qilishi mumkin – aynan o‘sha joyda u Xabi Alonso qo‘l ostida “Bayer”da deyarli doim o‘ynagan. Bungacha esa u asosan “o‘nlik” pozitsiyasida harakat qilardi.

Bu yerda muhim narsa uning pozitsiyasi emas, balki u eng xavfli zonalarda to‘p bilan bo‘lishi. Biz uni jarima maydoniga yaqinroq bo‘lishini istaymiz – markazda yoki bir oz chapga yoki o‘ngga siljib, imkon qadar ko‘proq golli vaziyatlar yaratishi lozim,” – dedi Slot matbuot anjumanida.

“Liverpul” safida Florian Virts 15 o‘yinda maydonga tushib, jamoadoshlariga uchta golli uzatma bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.