Everton futbolchisiga 5 grand klub qiziqmoqda

Everton jamoasi vingeri Ilman Ndiaye Yevropaning bir qator yirik klublari eʼtibor markaziga tushgan. TEAMtalk nashrining xabariga koʻra, 25 yoshli senegallik futbolchini Tottenham, Nyukasl, Yuventus, Milan va Atletiko jamoalari oʻz safiga qoʻshmoqchi.
Ayniqsa, Tottenham Ndiayeni oʻzining asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida koʻrib, qishki transfer oynasida hujum chizigʻini mustahkamlashga qatʼiy bel bogʻlagan. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Ndiaye barcha musobaqalarda 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ayniqsa, Tottenham Ndiayeni oʻzining asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida koʻrib, qishki transfer oynasida hujum chizigʻini mustahkamlashga qatʼiy bel bogʻlagan. Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Ndiaye barcha musobaqalarda 11 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













