Barselona Rashford oʻrniga oʻyinchi izlamoqda

Barselona Rashford oʻrniga oʻyinchi izlamoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumning chap qanotini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Sport.es nashrining xabariga koʻra, "koʻk-anorranglilar" "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashfordni sotib olishga qiziqmoqda.

Agar bu transfer amalga oshmasa, kataloniyaliklar boshqa futbolchiga eʼtiborini qaratadi. Manbaga koʻra, "Barselona"ning koʻz o‘ngida hozirda Belgiya vakili Malik Fofana bor.

U Fransiyaning "Lion" klubida to‘p suradi. Fofananing amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha amal qiladi va uning transfer qiymati 30 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsumda 20 yoshli futbolchi 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.