Holland Sherki haqida fikr bildirdi

Holland Sherki haqida fikr bildirdi
“Manchester Siti” yulduzi Erling Holland jamoadoshi, yarim himoyachi Ryan Sherki haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. “Men u bilan uzoqroq bir jamoada o‘ynashni istardim.

Ryan doim menga o‘zining aniq paslari bilan yordam beradi. U bilan maydonga tushishni yaxshi ko‘raman.

Bundan tashqari, men uning bilan hazillashishni yoqtiraman, u juda quvnoq yigit”, – deydi norvegiyalik hujumchi Canal + Foot nashriga bergan intervyusida. Joriy mavsumda Holland Angliya Premyer-ligasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini o‘z maydonida amaldagi chempion “Liverpul”ga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.