Diego Simeone: "Oʻz oʻyinimizni oʻtkazdik"

Diego Simeone: "Oʻz oʻyinimizni oʻtkazdik"
Ispaniya chempionatining oʻn ikkinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda. Madridning "Atletiko" klubi oʻz maydonida "Levante" jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va qiyinchilik bilan gʻalabaga erishdi.

Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone oʻyin haqida oʻz fikrlarini bildirdi. U jamoasi oʻyinni nazorat qilganini taʼkidladi.

"Raqib kuchli qarshilik koʻrsatdi, ammo biz oʻz futbolimizni oʻtkazishga muvaffaq boʻldik va oʻyinni nazorat qildik. Ikkinchi bo‘limda raqibga bosimni oshirdik va bu bizga hal qiluvchi gollarni taqdim etdi", - dedi Simeone, uning soʻzlarini Ispaniyaning Marca nashri keltirgan.

Chempionatning navbatdagi turida "Atletiko" "Xetafe" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.