Lamin Yamal La Ligada 14 ta jamoaga gol urdi

Lamin Yamal La Ligada 14 ta jamoaga gol urdi

Lamin Yamal La Ligada 14 ta jamoaga gol urdi
Barselona vingeri Lamin Yamal La Liga doirasida \"Selta\"ga qarshi o\'yinda gol urdi. 18 yoshli futbolchi tanaffus oldidan hisobni 3:2 ko\'rinishiga keltirdi va \"ko\'k-anorranglilar\"ning g\'alabasiga hissa qo\'shdi.

Barca Universal ma\'lumotlariga ko\'ra, Yamal La Ligada to\'qnash kelgan 18 ta jamoaning 14 tasiga gol urishga muvaffaq bo\'lgan. Biroq, u hali \"Sevilya\", \"Alaves\", \"Xetafe\" va \"Levante\" darvozasiga gol ura olmagan.

Shuningdek, ma\'lum bo\'lishicha, \"Selta\" va \"Barselona\" o\'rtasidagi uchrashuvning ikkinchi bo\'limi hozirda davom etmoqda. Lamin Yamal joriy mavsumda Ispaniya chempionati doirasida sakkizta o\'yinda 4 ta gol urib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.