Vyerining Kontega tanqidi: Kamroq shikoyat, koʻproq ish

Vyerining Kontega tanqidi: Kamroq shikoyat, koʻproq ish
Italiyaning turli top-klublarida oʻynagan sobiq hujumchi Kristian Vyerining soʻzlariga koʻra, "Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte oʻz jamoasining soʻnggi natijalaridan norozilik bildirib, haddan tashqari koʻp shikoyat qilmoqda. Vyerining fikricha, Konte shikoyat qilish oʻrniga koʻproq ishlashi kerak.

"Men uning doʻstiman, shuning uchun uning jamoalari haqida gapirish men uchun biroz noqulay. Ammo murabbiy sifatida u masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishi kerak.

Ishlashga koʻproq eʼtibor qaratish kerak, televizor va jurnalistlarga esa kamroq vaqt ajratish lozim", – dedi Vyeriy fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, Kristian Vyeriy oʻz futbolchilik faoliyatini 2009 yilda yakunlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.