Messi Barselonaga qaytib keldi


Inter Mayami hujumchisi, argentinalik yulduz Lionel Messi yaqinda rekonstruksiya qilingan Barselonaning mashhur \"Kamp Nou\" stadionini ziyorat qildi. Messi ijtimoiy tarmoqlarda: \"Men juda sogʻingan joyni ziyorat qildim.
Bu yerda o\'zimni juda baxtli his qilganman. Umid qilamanki, yana qaytib kelaman, va nafaqat futbolchi sifatida xayrlashish uchun\", - deb yozib qoldirdi.
Eslatib oʻtamiz, Messi 2005 yildan 2021 yilga qadar \"Barselona\" sharafini himoya qilgan edi. 2023 yilning yozida esa u \"Inter Mayami\" futbolchisiga aylandi.
Uning AQSh klubi bilan shartnomasi 2028 yilning dekabrigacha davom etadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













