Napoli 291 daqiqadan beri gol ura olmayapti


Italiya chempioni \"Napoli\" jamoasi so\'nggi uchrashuvlarda o\'zining hujumdagi samaradorligini yo\'qotdi. Jamoa allaqachon 291 daqiqadan beri gol ura olmayapti.
Oxirgi marta ular 28-oktyabr kuni \"Lecce\"ga qarshi o\'yinda gol urishga muvaffaq bo\'lishgan edi. Shundan so\'ng, \"Napoli\" uchta uchrashuv o\'tkazdi — Seriya A doirasida \"Komoning\" qarshiligini yenga olmadi, Chempionlar ligasida esa nemis klubi \"Ayntraxt\" bilan nursiz durang qayd etdi.
Eng so\'nggi o\'yinda esa \"Bolonya\"ga qarshi bahsda \"Napoli\" 0:2 hisobida mag\'lub bo\'ldi. Endi \"Napoli\" o\'zining navbatdagi uchrashuvini \"Atalanta\"ga qarshi o\'tkazadi.
Ushbu jamoa ham so\'nggi vaqtlarda inqirozga yuz tutib, ilgari kuchli natijalar ko\'rsatgan davridan uzoqlashgan.













