Biyanki Italiyada gol urish muammosini tushuntirdi

Biyanki Italiyada gol urish muammosini tushuntirdi
Diyego Maradona davrida "Napoli"ni boshqargan sobiq murabbiy Ottavio Biyanki Italiya chempionatidagi past natijadorlik haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, bunga A Seriyada yuqori darajadagi hujumchilarning yetishmasligi sabab bo‘lmoqda.

Biyankining taʼkidlashicha, kuchli hujumchilar ayni paytda boshqa nufuzli chempionatlarni afzal ko‘rmoqda. "Italiya chempionati allaqachon Yevropada yetakchi boʻlishni toʻxtatdi.

Eng yaxshi futbolchilar boshqa ligalarni tanlashmoqda. A Seriyada yaxshi hujumchilar kam, shu bois gol urish borasida muammo kuzatilmoqda", — deya Biyankining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it sayti.

Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatining amaldagi g‘olibi Biyankining sobiq jamoasi "Napoli" hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.