Anchelotti Endrikning JCH-2026 imkoniyatlarini baholadi

Anchelotti Endrikning JCH-2026 imkoniyatlarini baholadi
Braziliya terma jamoasi murabbiyi Karlo Anchelotti "Real" hujumchisi Endrikning 2026-yilgi Jahon chempionatida qatnashish imkoniyatlarini oshirish uchun qanday qadamlar tashlashi kerakligi haqida gapirdi. "Biz mavsum boshida, uning jarohatdan tiklanish davrida suhbatlashgan edik.

Hozirda u o‘yin uchun tayyor va o‘z atrofidagilar bilan birgalikda o‘z rivojlanishi uchun optimal yo‘lni tanlashi kerak. Endrik juda iste’dodli va hali yosh.

U oldindagi bir nechta Jahon chempionatlarida ishtirok etishi mumkin. Ammo yaqinlashayotgan turnir uchun u muntazam o‘ynab, o‘z darajasini namoyish qilishi zarur", – deydi Anchelottining Placar nashriga bergan intervyusida.

19 yoshli hujumchi joriy mavsum "Real" tarkibida faqat bitta o‘yinda maydonga tushib, uchrashuv oxirida zaxiradan o‘ynash imkoniga ega bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.