Yuve Vlahovichning kelajagini muhokama qildi

“Yuventus” bosh direktori Damien Komolli hujumchi Dushan Vlahovichning kelajagi borasida o'z fikrlarini bildirdi. Amaldagi shartnoma Vlahovichni Turin klubi bilan 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha bog'lab turadi.
"Biz Vlahovich bilan bu mavsumni yakunlashga kelishib oldik va shartnoma bo'yicha muzokaralarni mavsum so'ngida davom ettiramiz. Bu borada o'tgan yozdan beri aniq kelishuvga egamiz", — dedi Komolli, uning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan.
2025/2026 yilgi mavsumda Dushan Vlahovich 15 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. Ayni damda “Yuventus” A Seriya turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Biz Vlahovich bilan bu mavsumni yakunlashga kelishib oldik va shartnoma bo'yicha muzokaralarni mavsum so'ngida davom ettiramiz. Bu borada o'tgan yozdan beri aniq kelishuvga egamiz", — dedi Komolli, uning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan.
2025/2026 yilgi mavsumda Dushan Vlahovich 15 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. Ayni damda “Yuventus” A Seriya turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













