Napoli Konte uchun 50 million ajratishga tayyor

Napoli Konte uchun 50 million ajratishga tayyor
Napoli jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Sportmediaset jurnalistlari xabariga ko‘ra, klub rahbariyati murabbiyga sovrinlar uchun kurashda yordam berish maqsadida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Neapol klubi prezidenti Aurelio De Laurentis qishki transfer oynasi uchun kamida 50 million yevro ajratishga tayyor. Italiya chempionatining 11-turidan so‘ng Napoli 22 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinda joylashgan.

Konte jamoani boshqarishni o‘tgan yilning yozida boshlagan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027-yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.