Joan Garsiya: "Barselona" chempionlik uchun kurashadi

Joan Garsiya: "Barselona" chempionlik uchun kurashadi
Barselona darvozaboni Joan Garsiya La Liga chempionlik poygasidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. 12-turni ortda qoldirgan holda, kataloniyaliklar 28 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Jamoa Madridning "Real" klubidan uch ochko ortda qolgan. Shuningdek, "Vilyarreal" (26 ochko) va "Atletiko" (25 ochko) ham yaqin orqada joylashgan.

"Biz bilamizki, chempionatda g‘alaba qozonish oson emas, ammo bizning maqsadimiz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishdir. O‘yinlarimizdagi bir qator muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng vaziyatni o‘nglashga qat’iy bel bog‘laganmiz.

Jamoamiz nihoyatda diqqatni jamlagan holda harakat qilmoqda", – deya ta’kidladi darvozabon Garsiya intervyusida. Hans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" navbatdagi turda 22-noyabr kuni o‘z maydonida "Atletik Bilbao"ga qarshi bahs olib boradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.