Rodrigo Tottenhemga o‘tmaydi

Rodrigo Tottenhemga o‘tmaydi
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Rodrigo Londonning "Tottenhem" klubiga o‘tishi ehtimoli juda past. Avvalroq "shporlar" braziliyalik futbolchi uchun 80 million yevro taklif qilishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq, jurnalist Florian Plettenbergning ta'kidlashicha, bu mish-mishlar haqiqatga mos kelmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rodrigoning katta maoshi tufayli transferning amalga oshishi imkonsiz bo‘lib qolmoqda.

Shunga qaramay, futbolchining yanvar oyida "Real"ni tark etishi ehtimoli istisno qilinmagan. Joriy mavsumda 24 yoshli Rodrigo barcha turnirlarni hisobga olganda 13 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Transfermarkt ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 80 million yevroga baholamoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.