Ambrozini Rabio haqida fikr bildirdi

Ambrozini Rabio haqida fikr bildirdi
Italiyaning "Milan" klubi sobiq yarim himoyachisi Massimo Ambrozini fransiyalik futbolchi Adrien Rabioni yuqori baholadi. U Rabioning jamoaga qoʻshilishi bilan "Milan" oʻyin samaradorligini sezilarli darajada oshirganini taʼkidladi.

Intervyusida Ambrozini Rabioda aynan nimalar unga yoqishini aytib oʻtdi. "Uning xalqaro tajribasi, oʻyinni oʻqib, oldindan taxmin qilish qobiliyati.

Uning oʻyin uslubi – Rabio maydon markazini shunday qamrab oladiki, Italiyada buni uddalay oladigan futbolchilar juda kam", – deya Ambrozinining soʻzlarini keltiradi pianetamilan.it. Eslatib oʻtamiz, Rabio ilgari Italiyaning boshqa klubi – "Yuventus" tarkibida ham muvaffaqiyatli oʻyin koʻrsatgan.

Endilikda u oʻsha davrdagi murabbiyi Massimiliano Allegri bilan "Milan"da yana birlashdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.