Shirer: Voltemade "Nyukasl" uchun muammo

Shirer: Voltemade "Nyukasl" uchun muammo

Shirer: Voltemade "Nyukasl" uchun muammo
Oʻtmishda taniqli ingliz futbolchisi Alan Shirer Nik Voltemadening \"Nyukasl\" uchun oʻyinlari haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning taʼkidlashicha, hujumchi \"qargʻalar\"ning oʻyin uslubiga mos kelmaydi.

\"Toʻp bilan ishlashda u qanchalik yaxshi boʻlmasin, Voltemade \"Nyukasl\" uchun muammo tugʻdiradi, chunki u juda tez emas, pressingi yaxshi emas va hujumga faol ravishda qoʻshilmaydi\", – dedi Shirer Betfairga bergan intervyusida. Voltemade ushbu yozda \"Nyukasl\" tarkibiga Germaniyaning \"Shtutgart\" klubidan qoʻshilgan edi.

Nemis hujumchisi jamoa safida 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. APLning 11-turidan soʻng, \"Nyukasl\" 12 ochko bilan turnir jadvalining 14-pogʻonasini egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.