Real Endrikni Lion klubiga ijaraga berdi

Madridning "Real" klubi hujumchi Endrikning Frantsiyaning "Lion" klubiga oʻtishini tasdiqladi. Maʼlumotlarga koʻra, hujumchi "Lion" safida ijara asosida oʻynaydi va "Real" uni kelajakda qaytarishni rejalashtirmoqda.
Endrikning Frantsiyaga oʻtishi haqidagi xabarlar avvalroq OAVda paydo boʻlgan edi. 19 yoshli futbolchi uchun "Manchester Yunayted" ham kurash olib borgan, biroq "Real" va "Lion" oʻrtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan edi.
2025/2026-yilgi mavsumda Endrik La Ligada faqat bir oʻyinda maydonga tushib, samarali harakat koʻrsata olmadi. Braziliyalik futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning 30-iyuniga qadar moʻljallangan boʻlib, uning transfer qiymati 35 million yevroga teng.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Endrikning Frantsiyaga oʻtishi haqidagi xabarlar avvalroq OAVda paydo boʻlgan edi. 19 yoshli futbolchi uchun "Manchester Yunayted" ham kurash olib borgan, biroq "Real" va "Lion" oʻrtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan edi.
2025/2026-yilgi mavsumda Endrik La Ligada faqat bir oʻyinda maydonga tushib, samarali harakat koʻrsata olmadi. Braziliyalik futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning 30-iyuniga qadar moʻljallangan boʻlib, uning transfer qiymati 35 million yevroga teng.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













