Ronaldu milliy jamoada o'rni kafolatlanmagani haqida gapirdi

Ronaldu milliy jamoada o'rni kafolatlanmagani haqida gapirdi
Al-Nasr klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi mavqei haqida fikr bildirdi. 40 yoshli hujumchi o'zini milliy jamoaning asosiy tarkibining "teginilmas" o'yinchisi deb hisoblamasligini aytdi.

"Hech kimning tarkibdagi o'rni kafolatlanmagan. Barchasi faqat ko'rsatgan natijalar va joriy sport formasi bilan bog'liq.

Men asosiy tarkibga kiritilganda ishonchni oqlashga, maydon tashqarisida esa jamoaga yordam berishga intilaman. Statistikalar o'z-o'zidan gapiradi.

Men juda xursandman, Roberto Martines bilan yaxshi munosabatdaman va shu ruhda davom etishni xohlayman. Saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashimiz kerak, bizda ijobiy kayfiyat bor", – dedi Ronaldu Al Nassr Zone nashriga bergan intervyusida.

Bugun Portugaliya milliy jamoasi Irlandiya bilan bellashadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.