Levandovski agenti Fenerbaxche bilan muzokara qildi

Levandovski agenti Fenerbaxche bilan muzokara qildi
Barselona hujumchisi Robert Levandovskining agenti futbolchining Fenerbaxchega o'tishi bo'yicha klub vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda Haberler portali xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "sariq-ko'klar" rahbariyati hozirda futbolchidan javob kutmoqda. Agar polshalik hujumchi Turkiyada faoliyatini davom ettirishga rozi bo'lsa, Fenerbaxche mavsum tugashini kutmasdan rasmiy taklif kiritishi mumkin.

37 yoshli Levandovskining amaldagi shartnomasi yozda yakunlanadi. U Polsha va Niderlandiya o'rtasidagi JCh saralash uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida o'z kelajagi haqida aniq javob bermadi.

Joriy mavsumda Levandovski klub darajasida 11 ta o'yinda 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.