Reynders: "Premer-liga ajoyib!"

Reynders: "Premer-liga ajoyib!"
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Tidjani Reynders Angliya Premer-ligasidagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. "Premer-liga – bu ajoyib.

Hali ham har kunimdan “Manchester Siti”da zavq olyapman. Mashg'ulotlar davomida ko'plab mayda detallarni, jumladan, taktika bo'yicha tayyorgarlikni hisobga olish kerak", – dedi Reynders Goal nashriga bergan intervyusida.

Yozgi transfer oynasida Tidjani Reynders “Milan”dan “Manchester Siti”ga o'tgan edi. Shu vaqt mobaynida niderlandiyalik futbolchi 18 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Hozirda “Manchester Siti” Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.