Anchelotti Bellingemni Kaka bilan taqqosladi

Anchelotti Bellingemni Kaka bilan taqqosladi

Anchelotti Bellingemni Kaka bilan taqqosladi
Mashhur murabbiy Karlo Anchelotti \"Real\" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi. \"Jud ajoyib futbolchi.

Agar uni kim bilandir taqqoslash kerak bo\'lsa, bu Kaka bo\'ladi. U aynan shunday o\'yinchilar toifasiga kiradi: juda aqlli, jismonan kuchli va jarima maydonchasiga kerakli paytda kirishni aniq biladi.

Men hech qachon Bellingemning xarakteridan shikoyat qilmaganman. U juda professional, jiddiy va mashg\'ulotlarda ko\'p mehnat qiladi, xuddi boshqa ingliz futbolchilari kabi.

U hech qachon norozilik bildirmagan\", – dedi Anchelotti Goal portaliga Rest is Football podkastiga tayanib. Eslatib o\'tamiz, Karlo Anchelotti yozda Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.