Snayder: Mbappe haqiqiy hujumchiga aylandi

Snayder: Mbappe haqiqiy hujumchiga aylandi
Oʻtmishda taniqli futbolchi Uesli Snayder Madridning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappening oʻyinini baholadi. "Mbappe haqiqiy hujumchiga aylandi.

Uning hujumchi sifatida joylashuvi oʻziga xosdir va menimcha, u hozir hujumchi sifatida chap qanot vingeriga qaraganda ancha kuchliroq," — deydi Snayder AS nashriga bergan intervyusida. Joriy mavsumda 26 yoshli fransiyalik futbolchi "Real" safida 16 oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 180 million yevroga baholamoqda. Ispaniya chempionatining 12-turidan soʻng Madridning "Real" klubi 31 ochko bilan turnir jadvalida birinchi oʻrinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.