Leroy Sane Germaniya terma jamoasiga qaytdi

Leroy Sane Germaniya terma jamoasiga qaytdi
Galatasaray klubi vingeri Leroy Sane Germaniya terma jamoasi safida Lyuksemburgni 2:0 hisobida magʻlub etishga yordam berdi. 29 yoshli futbolchi 49-daqiqada Nik Voltemadening birinchi goliga assistentlik qildi.

Bu Sane uchun iyun oyidan buyon terma jamoa safidagi ilk oʻyin boʻldi. "Maydonga qaytganimdan xursandman.

Oʻz yurtim sharafini himoya qilish har doim katta faxr. Golga assistentlik qilganim va murabbiyning ishonchini oqlaganimdan mamnunman.

Mening maqsadim – Jahon chempionatida oʻynash. Qanday boʻlishini koʻramiz," – dedi sobiq Bavariya futbolchisi.

Leroy Sane iyul oyida Myunxen klubidan Galatasarayga erkin agent sifatida oʻtgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.