Kavazashvili Rossiya terma jamoasiga maslahat berdi

Sobiq Sovet Ittifoqi terma jamoasining darvozaboni Anzor Kavazashvili Rossiya terma jamoasining o‘yin uslubini yaxshilash haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. 12-noyabr kuni Rossiya terma jamoasi BetBoom do‘stlik uchrashuvida Peruga qarshi maydonga tushib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
"Terma jamoamizga maydonni kesib o‘tadigan uzatmalardan voz kechishni, to‘pni himoyachilarga qaytarishni to‘xtatishni maslahat beraman. Natijadan qat’i nazar, hujumkor futbolni shakllantirish kerak", - dedi Kavazashvili "RB Sport" nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, Kavazashvili Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpinning chet el chempionatlarida o‘ynayotgan futbolchilarni chaqirishining mantiqsiz ekanini ta’kidladi. U RPL (Rossiya Premer-ligasi)da o‘ynayotgan yosh futbolchilarga ko‘proq imkoniyat berish kerakligini aytdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Terma jamoamizga maydonni kesib o‘tadigan uzatmalardan voz kechishni, to‘pni himoyachilarga qaytarishni to‘xtatishni maslahat beraman. Natijadan qat’i nazar, hujumkor futbolni shakllantirish kerak", - dedi Kavazashvili "RB Sport" nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, Kavazashvili Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpinning chet el chempionatlarida o‘ynayotgan futbolchilarni chaqirishining mantiqsiz ekanini ta’kidladi. U RPL (Rossiya Premer-ligasi)da o‘ynayotgan yosh futbolchilarga ko‘proq imkoniyat berish kerakligini aytdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













