Bavariya himoyachisi qishda klubni tark etishi mumkin

Bavariya himoyachisi qishda klubni tark etishi mumkin
Bavariyaning o'ng qanot himoyachisi Sasha Boe qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin. Bu haqda taniqli jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

25 yoshli fransuz futbolchisiga "Yuventus", "Monako", "Lion", "Vest Hem", "Kristal Pelas", "Sevilya" va "Galatasaroy" qiziqish bildirmoqda. Oʻyinchining oʻzi esa Angliya Premer-ligasi, La Liga yoki Liga 1 klublariga oʻtishni afzal koʻrmoqda.

Sasha Boe ushbu mavsumda Vincent Kompani boshqaruvidagi jamoa tarkibida 14 uchrashuvda maydonga tushib, bir marta samarali uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 18 million yevroga baholagan.

Futbolchining shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.