Kenan Yildiz Turkiya nomidan uzr so'radi

Kenan Yildiz Turkiya nomidan uzr so'radi
Yuventus hujumchisi Kenan Yildiz Turkiya terma jamoasining JCh-2026 saralash o'yinida Bolgariyani 2:0 hisobida mag'lub etishiga yordam berdi, ammo u gol ura olmadi. Mezbonlar 18-daqiqada Hakan Chalhanogʻluning penaltini aniq amalga oshirishi natijasida hisobni ochishdi.

Ikkinchi bo'limda esa avtogol Turkiya milliy jamoasining gʻalabasini mustahkamladi. Katta Turinning 20 yoshli yulduzi bir nechta imkoniyatga ega bo'ldi, biroq ularni golga aylantira olmadi.

"Kechirasiz, bugun men ikki gol urishim kerak edi, ammo ikkala imkoniyatni ham boy berdim", – dedi Yildiz Italiya matbuotiga. Musobaqaning soʻnggi turida Turkiya 18-noyabr, seshanba kuni safarda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.