Mbeumo: Manchesterdagi eng yaqin doʻstlarim

Mbeumo: Manchesterdagi eng yaqin doʻstlarim
Manchester Yunayted hujumchisi Brayan Mbeumo jamoasidagi eng yaqin doʻstlari haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Kamerunlik futbolchi joriy yilning yozida Brentforddan Manchester Yunayted klubiga oʻtgan edi.

Transfer qiymati 75 million yevroni tashkil etdi. "Manchester Yunayteddagi eng yaqin doʻstlarim?

Jamoamizdagi barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabatdaman, ammo Leni Yoro va Amad Diallo bilan alohida yaqinman", — deydi 26 yoshli hujumchi UtdDistrict nashriga bergan intervyusida. Brayan Mbeumoning hisobida Ruben Amorim boshchiligidagi jamoa safida oʻtkazilgan 12 uchrashuvda 6 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.

Shuningdek, u oʻtgan oy Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.