Keyn: "Oltin toʻp" uchun faqat gollar yetarli emas

Keyn: "Oltin toʻp" uchun faqat gollar yetarli emas
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi "Oltin toʻp" uchun kurash haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Men hatto 100 ta gol urishim mumkin, lekin agar Chempionlar ligasi yoki Jahon chempionatida gʻolib chiqmasam, bu "Oltin toʻp"ni qoʻlga kiritishimga yordam bermaydi.

Aynan shu holat Erling Holand va boshqa da’vogarlar uchun ham amal qiladi. "Oltin toʻp" uchun sovrinlar muhim ahamiyatga ega", – deydi ingliz snayperi "Bavariya uslubi" Telegram-kanalida.

2025/2026-yilgi mavsumda Keyn "Bavariya" safida 17 oʻyinda ishtirok etib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Angliya terma jamoasi uchun esa u Jahon chempionati-2026 saralash bosqichida 7 oʻyinda 6 ta gol kiritdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.