Barselona besh himoyachidan birini tanlamoqda

Barselona besh himoyachidan birini tanlamoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transfer oynasida jamoani tark etgan Inyigo Martinesning o'rnini to'ldira oladigan yangi himoyachini izlamoqda. Sport.es nashri jurnalistlarining xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar"ning potentsial yangi transferlar ro'yxatida besh nafar himoyachi mavjud.

Klub quyidagi futbolchilar o'rtasida tanlov qilmoqda: Niko Shlotterbek, Mark Gehi, Dayo Upamekano, Gonsalu Inasiu va Tiyel Tati. La Liga doirasidagi dastlabki 12 turdan so'ng, Hans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" 28 ochko to'plab, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Jamoa hozirda peshqadam "Real"dan uch ochko ortda qolmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.