Soboslay irland muxlislarini provokatsiya qildi

“Liverpul” va Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslay 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining soʻnggi uchrashuvida Irlandiya terma jamoasi muxlislarini provokatsiya qildi. Uchrashuv Budapeshtda boʻlib oʻtdi.
Final bosqichiga yoʻl olish uchun vengriyaliklarga durang natija ham yetarli edi. Mezbonlar ikkinchi golni urib, hisobni 2:1 koʻrinishiga olib chiqishgach, Soboslay raqib muxlislariga masxaraomuz kloun ishoralarini koʻrsatdi.
Natijada irlandlar hisobni tenglashtirishdi va uchrashuvning 96-daqiqasida gʻalaba golini urishdi. Shu tariqa, Irlandiya Vengriyani ortda qoldirib, guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi.
Endi Irlandiya jamoasi ikkinchi oʻrinlarni egallagan jamoalar uchun oʻtkaziladigan pley-off bosqichida ishtirok etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Final bosqichiga yoʻl olish uchun vengriyaliklarga durang natija ham yetarli edi. Mezbonlar ikkinchi golni urib, hisobni 2:1 koʻrinishiga olib chiqishgach, Soboslay raqib muxlislariga masxaraomuz kloun ishoralarini koʻrsatdi.
Natijada irlandlar hisobni tenglashtirishdi va uchrashuvning 96-daqiqasida gʻalaba golini urishdi. Shu tariqa, Irlandiya Vengriyani ortda qoldirib, guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi.
Endi Irlandiya jamoasi ikkinchi oʻrinlarni egallagan jamoalar uchun oʻtkaziladigan pley-off bosqichida ishtirok etadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













