Tuxel albaniyaliklar ustidan gʻalabani sharhladi

Tuxel albaniyaliklar ustidan gʻalabani sharhladi
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Albaniya bilan boʻlib oʻtgan JCh-2026 saralash oʻyinidagi gʻalabadan soʻng, jamoa tarkibining kuchini va zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning ahamiyatini alohida taʼkidladi. Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, hozirgi terma jamoada asosiy tarkibga tushayotgan har bir futbolchi oʻz oʻrnini toʻla-toʻkis munosib tarzda egallagan.

Shu bilan birga, Tuxelning fikricha, oʻyinni zaxiradan turib kuchaytirish qobiliyati ham juda muhim. "Bizda juda kuchli tarkib bor va oʻyinni boshlayotgan har bir futbolchi bunga loyiq.

Ammo zaxiradan tushib, oʻyinga taʼsir koʻrsatish – bu haqiqiy imtiyoz, va yigitlar bu vazifani ajoyib tarzda uddalayapti", – dedi Tuxel. Eslatib oʻtamiz, Angliya terma jamoasi yakshanba kuni safarda Albaniyani ikki javobsiz gol bilan magʻlubiyatga uchratdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.