Adrien Rabiot maydonga qaytmoqda

Adrien Rabiot maydonga qaytmoqda

Adrien Rabiot maydonga qaytmoqda
Fransiyalik yarim himoyachi Adrien Rabiot 16-oktabr kuni jarohat olgan edi. Oradan bir oy oʻtib, u joriy hafta oxirida, \"Milan\" va \"Inter\" oʻrtasidagi oʻyinda maydonga qaytishi kutilmoqda.

Ammo, uning asosiy tarkibda tushishi ehtimoldan yiroq. Kutilishicha, Rabiotning oʻyinga qaytishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, \"Milan\"ning jarohat olgan boshqa oʻyinchilari - Fikayo Tomori va Santyago Ximenes ham \"Inter\"ga qarshi oʻyinga yetib kelishi mumkin, lekin bu borada hali aniq maʼlumot yoʻq. Eslatib oʻtamiz, \"Inter\" va \"Milan\" oʻrtasidagi bahs 23-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Ayni paytda Kristian Kivu boshchiligidagi \"Inter\" turnir jadvalida birinchi oʻrinda, \"rossoneri\" esa uchinchi oʻrinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.