Manchester Yunayted Balebani asosiy maqsad qilib belgiladi

Manchester Yunayted klubi kelasi yil yozida Brayton yarim himoyachisi Karlos Balebani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Kamerunlik futbolchi anchadan beri «qizil iblislar»ning eʼtiborida bo‘lib keladi, biroq «chingillar» o‘z yulduz futbolchisini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti va katta tovon puli talab qilmoqda.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning maʼlumotiga ko‘ra, Manchester Yunayted Balebani 2026 yil yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsad sifatida belgilagan. O‘yinchining o‘zi ham ushbu o‘tishga qiziqish bildirgan.
21 yoshli yarim himoyachining qiymati Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, 60 million yevroga baholangan. Isteʼdodli futbolchining Brayton bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha tuzilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning maʼlumotiga ko‘ra, Manchester Yunayted Balebani 2026 yil yozgi transferlar oynasidagi asosiy maqsad sifatida belgilagan. O‘yinchining o‘zi ham ushbu o‘tishga qiziqish bildirgan.
21 yoshli yarim himoyachining qiymati Transfermarkt maʼlumotlariga ko‘ra, 60 million yevroga baholangan. Isteʼdodli futbolchining Brayton bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha tuzilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













