Mostovoy Kyurasaoni JCHga olib chiqmoqchi

Mostovoy Kyurasaoni JCHga olib chiqmoqchi
Moskva "Spartak"i va Ispaniyaning "Selta" klubi sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Mostovoy Kyurasao milliy terma jamoasini bosh murabbiy sifatida boshqarishga tayyor ekanini maʼlum qildi. "Men Kyurasao terma jamoasini boshqarishga va ularni Jahon chempionatiga olib chiqishga tayyorman!" – deya Mostovoyning soʻzlarini keltiradi Sport24.

Avvalroq Gollandiya murabbiyi Dik Advokat oilaviy sabablar tufayli Kyurasao terma jamoasini tark etgani maʼlum boʻlgan edi. Futbolchilik faoliyati davomida Mostovoy "Spartak", "Benfika", "Kan", "Strasburg", "Selta" va "Alaves" klublarida oʻynagan.

Rossiya terma jamoasi safida esa u 50 oʻyinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.