Sofonov Rossiya va Peruga qarshi o'yinni izohladi

Sofonov Rossiya va Peruga qarshi o'yinni izohladi
Rossiya va PSJ darvozaboni Matvey Safonov yaqinda bo'lib o'tgan BetBoom do'stlik uchrashuvida Peru milliy terma jamoasidan o'tkazib yuborilgan gol haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

"Bir necha kun xafa bo'lib yurdim. Shunday gollar o'tkazib yuborasiz va yaxshiroq o'ynashingiz mumkinligini tushunasiz.

Yaxshiroq o'ynashim kerak edi. Milliy terma jamoa ishonchini his qilganim uchun minnatdorman, shuning uchun eng yaxshi o'yinimni ko'rsatolmaganim achinarli", – deb yozdi Safonov o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

E'tiborli jihati shundaki, Safonov joriy mavsumda PSJ safida birorta ham rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan. Darvozabonning Fransiya chempioni bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.