Albertoni: Konte – bu vulqon

Albertoni: Konte – bu vulqon
Italiyaning "Milan" klubi sobiq futbolchisi Demetrio Albertoni "Napoli" jamoasidagi inqiroz haqida fikr bildirdi. U Antonio Konteni juda qaynoq fe'l-atvorga ega murabbiy deb baholadi.

"Konte – bu vulqon, lekin u ayni paytda katta tajribaga ega. Shu sababdan, ochigʻini aytsam, jamoada nima yuz berayotganini toʻliq tushunmayman.

Biroq Antonio Kontening imkoniyatlariga ishonaman, chunki u dunyoning eng nufuzli murabbiylari qatoriga kiradi", – deya Albertonining soʻzlarini calcionapoli1926.it keltiradi. Eslatib oʻtamiz, ayni damda "Napoli" A Seriya turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.