Karim Benzema "Real"ga qaytishi mumkin

Karim Benzema "Real"ga qaytishi mumkin
Madridning "Real" jamoasi sobiq hujumchisi Karim Benzema klubga qaytishi ehtimoli haqida fikr bildirdi. 2023-yildan buyon fransiyalik futbolchi Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

"Agar Florentino Peres hali ham "Real"da bo'lsa, bu sodir bo'lishi mumkin. Men hech qachon Peresga rad javobini bera olmayman.

Men madridistman. Buni yuragim bilan his qilaman.

Madrid hali ham mening shahrim. Nimalar bo'lishini ko'ramiz", — deya Benzemaning so'zlarini keltiradi Diario AS.

Joriy mavsumda 37 yoshli Benzema barcha musobaqalarda jami 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishdi. Hujumchining "Al-Ittihod" bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yozigacha mo'ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Benzema "Real" safida "Oltin to‘p" mukofotini qo‘lga kiritgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.