Antoni "Bavariya"ga o'tishni rad etdi

Antoni "Bavariya"ga o'tishni rad etdi
Braziliyalik hujumchi Antoni "Betis"ga o'tish qarorini izohlab, Myunxenning "Bavariya" klubiga o'tmaganini ma'lum qildi. "Bavariya" yozgi transfer oynasining so'nggi 24 soatida meni transfer qilishga harakat qildi.

Klub rahbariyati shaxsan menga qo'ngʻiroq qildi. Biz suhbatlashdik, u har doim mening o'yin uslubimning katta ishqibozi bo'lganini aytdi.

Ammo men "Betis"ga so'z bergan edim va ularni xafa qila olmadim", — dedi Antoni Globo nashriga. Antoni 1-sentabr kuni "Betis" safiga "Manchester Yunayted"dan o'tgan edi.

25 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi statistikasi hayratlanarli: u 11 o'yinda 6 ta gol urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining "Betis" bilan mehnat shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha tuzilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.