Gvardiolaning “Real” ustidan 6:2 hisobidagi gʻalabasi

Gvardiolaning “Real” ustidan 6:2 hisobidagi gʻalabasi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola oʻzining “Barselona” davridagi eng yaxshi lahzalari haqida gapirdi. Gvardiola 2008-2012 yillarda “koʻk-anorranglilar”ning bosh jamoasini boshqargan edi.

“Qaysi birini tanlashni bilmayman... “Barselona”dagi davrimdan koʻz oldimga darhol La Liga chempionligi va Madridda “Real” ustidan 6:2 hisobidagi gʻalaba keladi.

Shuningdek, ikkinchi Chempionlar ligasi gʻalabasi ham alohida yodda qolgan”, — deydi Gvardiola RAC1ga bergan intervyusida. Maʼlumot uchun, Xosep Gvardiola qoʻl ostida “Barselona” Chempionlar ligasini 2009 va 2011 yillarda qoʻlga kiritgan.

Har ikki finalda kataloniyaliklar “Manchester Yunayted”ni magʻlubiyatga uchratgan: 2:0 va 3:1 hisobida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.