Rodrigo "Real"ni tark etishi mumkin

Rodrigo "Real"ni tark etishi mumkin
Madridning "Real" klubi futbolchisi Rodrigo oʻyin amaliyoti yetishmasligi sababli jamoani tark etishi mumkin. Braziliyalik vinger joriy bosh murabbiy Xabi Alonso qoʻl ostida juda kam hollarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

Diario AS nashrining xabariga koʻra, Turkiyaning "Galatasaroy" klubi bu vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va 24 yoshli yulduzni qishki transfer oynasida ijaraga olish haqida oʻylamoqda. Transfermarkt sayti maʼlumotiga koʻra, Rodrigoning transfer qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda futbolchi "Real" tarkibida barcha musobaqalarda 13 ta oʻyinda qatnashib, ikkita golli uzatma amalga oshirgan. Yozgi transfer oynasida ushbu futbolchiga Angliya Premyer-ligasining yirik klublari qiziqish bildirgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.