Maldini Milan derbisi haqida fikr bildirdi

Maldini Milan derbisi haqida fikr bildirdi
Milan klubining afsonaviy sobiq himoyachisi Paolo Maldini yaqinlashib kelayotgan "Milan" va "Inter" o'rtasidagi derbi haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Rossonerilar" va "Inter" jamoalari o'rtasidagi bahs yakshanba kuni A Seriyaning 12-tur doirasida bo'lib o'tadi.

"Menimcha, o'yin teng darajada o'tadi. So'nggi yillarda derbilar g'alati kechmoqda: biz "Inter"ga qatorasiga oltita yoki yettita o'yinda yutqazganmiz, ammo o'sha davrda chempion bo'ldik.

Keyinchalik ishlarimiz yomonlashganda, ularni doimiy ravishda mag'lub eta boshladik. Derbi butun mavsum taqdirini hal qilmaydi", – dedi Maldini Italiya OAVga bergan intervyusida.

Hozirda "Inter" 24 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda, "Milan" esa 22 ochko bilan uchinchi o'rinda joylashgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.