Tare: Modrichning 10 yoshli bola kabi quvonishi – dunyodagi eng go‘zal narsa...

Tare: Modrichning 10 yoshli bola kabi quvonishi – dunyodagi eng go‘zal narsa...

Italiyaning \"Milan\" klubi sport direktori Igli Tare Xorvatiya futbolchisi Luka Modrichning his-tuyg‘ulari haqida fikr bildirdi. Modrich bu yozda Madridning \"Real\" klubidan \"rossonerilar\" safiga o‘tgan edi.

\"Modrich – o‘ziga xos futbolchi. 40 yoshida hayotdagi barcha yutuqlarga erishgan bu insonning \"Milan\" g‘alabalaridan keyin kiyinish xonasida 10 yoshli bola kabi quvonishini ko‘rish – dunyodagi eng yoqimli manzara\", – dedi Tare pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich shu yozdan beri Italiya klubi sharafini himoya qilmoqda, undan avval esa u uzoq yillar davomida Madridning \"Real\" klubida o‘ynagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.