Tiav: Milan klubini tark etishni istamagandim

Tiav: Milan klubini tark etishni istamagandim
Germaniyalik himoyachi Malik Tiav Sandro Tonali yoʻlidan borib, Italiyani tark etishga va Angliyaning "Nyukasl" klubiga oʻtishga qaror qildi. Tiavning soʻzlariga koʻra, u Italiya klubi "Milan"ni tark etishni xohlamagan, biroq oʻz faoliyatida oʻzgarishlar qilish zarurligini his qilgan.

"Milan" – buyuk klub, qaror qabul qilish men uchun oson boʻlmadi. Lekin bu yangilikni sinab koʻrish vaqti kelgan deb oʻyladim.

"Nyukasl"dan taklifni eshitganimda, bu imkoniyatdan mamnun boʻldim", – dedi Tiav pianetamilan.it saytiga bergan intervyusida. Hozirda "Nyukasl" Angliya chempionati jadvalida atigi oʻn toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.

APLning navbatdagi turida "sorokalar" oʻz maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.